Men va mening do‘stlarim mavzusida ochiq faoliyat
8-son Maktabgacha ta'lim tashkilotida ochiq faoliyatlar o‘tkazilishi davom etmoqda. Oliy ma‘lumotli 1-malaka toifali tarbiyachi Vafayeva Muhayyo va tarbiyachi yordamchisi Gulimboyeva Sevinchoy 1-katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan "Men va mening do‘stlarim " mavzusida ochiq faoliyat o‘tkazishdi. Faoliyat davomida AKT va turli o‘yinlardan foydalanildi. Bolalar 5ta markazda faoliyat olib borishdi. Ochiq faoliyat ustoz va bolalarda yaxshi taassurot qoldirdi. 



