Men va mening oilam mavzusida ochiq faoliyat

8-son Maktabgacha ta'lim tashkilotida yangi o‘quv yili qizg‘in tarzda boshlanib ochiq faoliyatlar o‘tkazilmoqda. Sentabr oyi 2-haftasi Men va mening oilam mavzusida ochiq faoliyat o‘tkazildi. Ochiq faoliyat katta 2 guruh tarbiyalanuvchilari bilan oliy ma'lumotli 2-malaka toifali tarbiyachi Artiqova Gulasal va tarbiyachi yordamchisi Azadboyeva Xurshida yordamida qiziqarli tarzda o‘tkazildi.Tashkilot direktori va tarbiyachi ustozlar yaxshi taassurotlar bilan faoliyatni baholashdi.